SpaceX ilk bor Starshipʼning har ikki bosqichini tutib olishga urinadi
SpaceX kompaniyasi 2026-yil noyabrida Starship raketa tizimining har ikki bosqichini — Super Heavy tezlatkichini va Starship kosmik kemasini — ilk bor tutib olishga urinadi. Bu haqda Ilon Mask uchinchi chorak moliyaviy natijalarini taqdim etish chogʻida maʼlum qildi.

Urinish muvaffaqiyatli yakunlansa, SpaceX tarixda ilk bor orbital raketa tizimini parvozdan keyin toʻliq qaytara oladi.
Mask boʻlajak sinovni eng muhim texnologik bosqich deb atadi, biroq muvaffaqiyat kafolatlanmaganini tan oldi. Shunga qaramay, u ijobiy yakun muvaffaqiyatsizlikdan koʻra ehtimoliroq deb hisoblaydi. Agar urinish muvaffaqiyatsiz boʻlsa, kompaniya yil oxirigacha sinov parvozlarini davom ettiradi.
28-sentabrdagi avvalgi parvoz vaqtida Starship ilk bor Yer orbitasiga chiqdi va 26 ta Starlink V3 sunʼiy yoʻldoshini orbitaga olib chiqdi. Biroq Raptor dvigatellaridan birining muddatidan oldin oʻchirilgani sababli oʻn soatga moʻljallangan missiya taxminan uch soatgacha qisqartirildi.


