
Germaniya kansleri davlat odatdagi barcha xarajatlarni endi soliq tushumlari hisobidan moliyalashtira olmasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, hukumat va jamiyat budjet ustuvorliklarini qayta koʻrib chiqishiga toʻgʻri keladi.

Eron harbiy-dengiz kuchlari maʼlumotiga koʻra, Hormuz boʻgʻozining sharqida ikki neft tankeri minalarda portlagach, ularda yongʻin chiqqan.
Ammanda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn ishtirokida 19 ta ikki tomonlama hujjat almashildi.

Prokurorlar OpenAI sobiq xodimi Abdulrahman Alfozan uchrashuvlarni yashirincha yozib, Saudiya Arabistoni hukumati bilan bogʻliq kishilar bilan muloqot qilganini aytdi. U garov soʻramoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga u sovgʻa qilgan, Vashingtondagi Tidal Basin boʻyida oʻrnatilgan ayvonlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulla II Ammandagi “Oʻzbekiston — Iordaniya” koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.