Oʻzbekiston Prezidenti Qatar amiri bilan muzokara oʻtkazdi
Muzokaralar ishtirokchilari avvalgi kelishuvlarning ijrosini muhokama qilib, savdo, investitsiya, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni kengaytirishga kelishib oldi.
26-oktabr, 16:47По-русски

president.uz — Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан
Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Oʻzbekistonga ishchi tashrif bilan keldi. 26-oktabr kuni u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
Taʼkidlanganidek, yuqori darajadagi hamkorlik va izchil ishlar natijasida ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga yetdi. Bundan tashqari, yetakchilar global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.




