Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

VEON Oʻzbekistondagi Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib olishga kelishdi

Zarur ruxsatnomalar olindi, bitimni yakunlash esa 2026-yil oktabr oyi oxirigacha kutilmoqda.

19-oktabr, 17:46По-русски

VEON Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvchi mobil aloqa operatori Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foizini sotib olishga kelishdi. Bitimning umumiy qiymatiga kompaniyaning qarzdorligi ham kiradi, pul shaklidagi qismini esa xolding oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydi.

Bitim yakunlangach, Beeline Uzbekistan qoʻshimcha chastotalar, uskunalar va infratuzilmaga, jumladan Nokia uskunalari asosidagi 5G Standalone tarmogʻiga ega boʻladi. VEON buning natijasida operatorning radiochastota resurslari qariyb 50 foizga oshishi, tarmoq qamrovi va oʻtkazuvchanlik qobiliyati kengayishi, shuningdek, 5G hamda uylar va biznes uchun simsiz internet rivojlanishi qoʻllab-quvvatlanishini kutmoqda.

Kompaniya tarmoqlarni integratsiya qilish hisobiga kelgusidagi kapital va operatsion xarajatlarni qisqartirishga ham umid qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing