Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Ilon Mask kelasi yili AQShdagi har bir bolaga bittadan SpaceX aksiyasini tarqatadi

Bu taxminan 72 mln bolani anglatadi, barcha aksiyalarning qiymati esa qariyb 10,5 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin

19-oktabr, 15:51По-русски

SpaceX bosh direktori Ilon Mask aksiyalarni topshirish rejasini eʼlon qildi. Ayni paytda u kompaniyaning taxminan 4,8 mlrd dona aksiyasiga egalik qiladi. Blokdan chiqarilmagan mukofotlar va opsionlarni hisobga olganda, uning paketi 6,4 mlrd aksiyaga, yaʼni benefitsiar ulushning 48,4 foiziga yetadi.

Mask aksiyalar qanday tarqatilishini ochiqlamadi va bu kabi tashabbuslar turkumidagi birinchi loyiha ekanini aytdi. Bungacha Anthropic oʻz aksiyalarining bir qismini yangi ijtimoiy manfaatlar fondiga yoʻnaltirish rejalarini maʼlum qilgan, Mask esa aksiyalarni bevosita aholiga topshirishni tavsiya qilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing