Mirziyoyev Tojikiston bilan chegaradan ID-kartalar orqali oʻtishni tezlashtirishga chaqirdi
Bu haqdagi bayonot prezidentning Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvida, yuk tashish hajmi oshib borayotgan bir paytda yangradi.
20-oktabr, 19:24По-русски

president.uz — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан
Mirziyoyev prezidentligining dastlabki kunlaridanoq Tojikiston bilan munosabatlar uning ustuvor yoʻnalishlari qatorida boʻldi. U shu vaqt ichida ikki tomonlama aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlashga erishilganini qoʻshimcha qildi.
Prezident ilgari ikki davlat chegaralari yopiq boʻlganini eslatdi. Endi esa, uning fikricha, ID-kartalar orqali chegaradan oʻtishni joriy etish jarayonini tezlashtirish kerak.
2024-yil noyabrida Tojikistonga Oʻzbekistonning ID-kartasi orqali kirishga ruxsat berish rejalari haqida xabar berilgandi.


