Sunʼiy intellekt bumining eksport oʻsishiga turtki berishi ortidan Xitoy iqtisodiyoti kutilganidan tezroq oʻsdi
Yilning dastlabki toʻqqiz oyida YaIM 4,6 foizga oʻsdi. Bu mamlakat partiyaning 2026 yil uchun qoʻygan maqsadiga erishish yoʻlidan borayotganini koʻrsatdi.
Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlum qilishicha, iyul–sentabr oylarida mamlakat iqtisodiyoti oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 foizga oʻsdi. Natija iqtisodchilarning kutganidan yuqori boʻldi.
Sentabrda sanoat ishlab chiqarishi 5,5 foizga, chakana savdo hajmi esa 1,1 foizga oshdi. Ishlab chiqarish hajmining oʻsishini elektronika, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq uskunalar va avtomobillar eksporti qoʻllab-quvvatladi.
Pantheon Macroeconomics kompaniyasining bosh iqtisodchisi Dunkan Rigli ishlab chiqarishdagi barqarorlikni tashqi talabning yuqoriligi bilan izohladi. Shu bilan birga, asosiy fondlar va koʻchmas mulkka investitsiyalar qisqardi, infratuzilmaga xarajatlar esa past darajada qoldi.


