Biznes uchun jarimalarga 50 foizlik chegirmalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasi yakuniy oʻqishda maʼqullandi
Hujjat koʻrib chiqish uchun Senatga yuborildi. Qoidalar kuchga kirishi uchun uni maʼqullangandan keyin prezident imzolashi kerak.

Jarima solinganidan keyin bir oy ichida uning 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan tadbirkor qolgan summani toʻlamasligi mumkin, deya xabar berdi Oliy Majlis quyi palatasi matbuot xizmati.
Loyiha moliyaviy jarimani tegishli qaror qabul qilinganidan keyin olti oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ham ruxsat beradi.
Agar jarima toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, qonunga xilof ravishda undirilgan mablagʻlar imkon qadar qisqa muddatda toʻliq qaytarilishi kerak. Mablagʻlarni qaytarish kechiktirilgan taqdirda, davlat organiga kechiktirilgan har bir kun uchun foiz hisoblash taklif qilinmoqda.




