Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Google Pay Oʻzbekistonda ishga tushirildi

Bu haqda Samarqandda C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida oʻtkazilgan «Raqamli texnologiyalar» panel muhokamasida maʼlum boʻldi.

19-oktabr, 12:42По-русски

Toʻlov servisining ishga tushirilgani haqida 19-oktabr kuni Google Cloud kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropada davlat organlari bilan aloqalar hamda davlat siyosati masalalari boʻyicha direktori Martsin Krasuski maʼlum qildi. Uning bayonoti Samarqandda C5+1 tadbirlari doirasida oʻtkazilgan raqamli texnologiyalarga bagʻishlangan panel sessiyasida yangradi.

Avvalroq, iyul oyi oxirida Markaziy bankning toʻlov tizimlarini rivojlantirish departamenti direktori Jamshid Usmanov Google Pay va Apple Pay yaqin oylar ichida ishga tushirilishi mumkinligini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka tuzatishlar kiritilgach, regulyator tijorat banklari hamda Humo va Uzcard toʻlov tizimlari bilan birgalikda texnologik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish va servislarni texnik jihatdan tayyorlashni boshlagan.

Bu ishlarning bosqichlaridan biri bank kartalarini tokenizatsiya qilish boʻldi. Bu kartalardan raqamli hamyonlarda xavfsiz foydalanish uchun zarur. Integratsiya nafaqat Visa va Mastercard kartalarini, balki milliy Humo va Uzcard kartalarini ham ulash imkonini berishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing