Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda qutqaruvchilarning yetib kelish vaqtini 5–7 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimini modernizatsiya qilish va suv omborlarini muhofaza qilish choralari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi.

21-oktabr, 13:37По-русски

Shaharlarda qutqaruvchilar 5–7 daqiqada, shahar tashqarisida esa 15–20 daqiqada yetib borishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun yirik shaharlar va tumanlardagi 25 ta yongʻin-qutqaruv qismini yangilash, «Madad» koʻp tarmoqli markazi, aviatsiya-qutqaruv boʻlinmasi hamda ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilinmoqda.

«112» xizmati uchun murojaatlarni koʻrib chiqishni yanada qatʼiy nazorat qilish, favqulodda xizmatlar oʻrtasida maʼlumot almashish, shuningdek, raqamli yechimlar va sunʼiy intellektdan faolroq foydalanish koʻzda tutilgan.

Maxsus boʻlinmalarni tashkil etish, qutqaruvchi-gʻavvoslarni tayyorlash, turistik hududlar xodimlarini esa birinchi yordam koʻrsatishga oʻrgatish rejalashtirilmoqda. Dam olish maskanlarida qutqaruv qayiqlari, kuzatuv minoralari va chuqurlik koʻrsatkichlari boʻlishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing