Saidov va Rubio Oʻzbekiston hamda AQShning umumiy tarixiga bagʻishlangan koʻrgazmani koʻzdan kechirdilar
Koʻrgazmada tarixiy materiallar, jumladan Toshkent va Sietlning 1973-yilda rasmiylashtirilgan qardosh shaharlar aloqalari haqidagi maʼlumotlar namoyish etildi.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etdi. U «C5+1» formatidagi vazirlar darajasidagi uchrashuv bilan parallel ravishda oʻtkazildi.
Ekspozitsiya ikki xalqning ilmiy va madaniy jihatdan yaqinlashuvi haqida hikoya qildi. Undan Ahmad al-Fargʻoniyning ilmiy merosi, Edgar Allan Poning Amir Temur haqidagi sheʼriy toʻplami hamda amerikalik sayohatchilarning Oʻzbekiston haqidagi asarlari oʻrin olgan.
Tashkilotchilar umumiy tarixiy merosga murojaat qilish va uni ommalashtirish oʻzaro anglashuvni kuchaytirib, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkin, deb hisoblaydi.




