Yangi koʻprik Samarqand markazini «Shirin» massivi bilan bogʻlaydi
Obyekt qiymati 310 milliard soʻmga baholanmoqda va sutkasiga 25 mingtagacha transport vositasini oʻtkazishga moʻljallangan.
20-oktabr, 18:08По-русски

president.uz — president.uz - Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан
Samarqand viloyatida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qaradaryo daryosi ustidan qurilayotgan koʻprik qurilishini koʻzdan kechirdi. Qurilish tugallangach, u barpo etilayotgan «Shirin» massivini Samarqand shahri va xalqaro aeroport bilan bogʻlaydi.
Obyektning ishga tushirilishi massivdan shahar markazigacha boʻlgan yoʻlni qisqartirish imkonini beradi: masofa 23 kilometrdan 4 kilometrgacha, yoʻlda ketadigan vaqt esa 30 daqiqaga kamayadi.




