Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Parij muzeylari xavfsizlik nuqtayi nazaridan 24 oktabrda yopiladi

Fransiya Madaniyat vazirligi oʻz tasarrufidagi muassasalarni tashrif buyuruvchilar va xodimlar xavfsizligini, shuningdek, sanʼat asarlarining saqlanishini qoʻshimcha ravishda taʼminlashga chaqirdi.

23-oktabr, 13:59По-русски
commons.wikimedia.org — Benh LIEU SONG (Flickr)

Shanba kuni, 24 oktabrda Luvr, Orse va Pikasso muzeylari, Gran-Pale, shuningdek, Oranjeri jamoatchilik uchun ochilmaydi. Parijda rejalashtirilgan namoyishlar bunday qarorga sabab boʻldi: rasmiylar namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketishidan xavotirda, deb xabar bermoqda BFM TV.

17 oktabr kuni Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarida yashash xarajatlari oshgani sababli hamda oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan aksiyalar tartibsizliklar va talon-torojlar bilan kechdi. Bu dam olish kunlari rasmiylar politsiya ishtirokini kuchaytirmoqchi; Parij meriyasi markazdagi ommaviy tadbirlarni bekor qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing