Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Elektron hujjatlar banklar, notariuslar va aeroportlarda qabul qilina boshlaydi

Biometrik pasport, ID-karta va qator guvohnomalarning elektron versiyalaridan qogʻoz hujjatlar oʻrnida foydalanish mumkin.

23-oktabr, 11:45По-русски

Oʻzbekiston Adliya vazirligi tashkilotlarga fuqarolarning elektron hujjatlarini qabul qilishga ruxsat beruvchi 33 ta idoraviy hujjatga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazdi.

Hujjatlar my.gov.uz va «Ijtimoiy karta» ilovalarida mavjud. Ulardan shaxsni tasdiqlash uchun banklarda, notariuslarda, aeroportlarda ichki reyslarga roʻyxatdan oʻtishda, shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlarini olishda foydalanish mumkin.

Yangi qoidalar lombardlarda shartnomalarni rasmiylashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar olish, qon topshirish, harbiy roʻyxatga qoʻyilish va urush qatnashchilariga kompensatsiyalar taqdim etishga ham tatbiq etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing