Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 26-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Vuchich Serbiyadagi parlament saylovlarida magʻlub boʻlganini tan oldi

Gʻalabani «Talabalar roʻyxati» partiyasi qoʻlga kiritdi. U 135 dan 140 tagacha mandat oladi

26-oktabr, 11:35По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — Vlada Republike Slovenije

Matbuot anjumanida Serbiyaning sobiq prezidenti va Serbiya Taraqqiyparvar partiyasi rahbari Aleksandr Vuchich oʻz siyosiy kuchining magʻlubiyatini tan oldi. U tabaqalashtirilgan tanlanmaga tayanib, muxolifatdagi «Talabalar roʻyxati» gʻalaba qozongani va 135–140 ta mandat olishini, uning partiyasi esa qariyb 105 ta mandatga ega boʻlishini aytdi.

Vuchich hokimiyat almashganidan keyin Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishini istisno qilmadi. Uning prognoziga koʻra, bunday qadam mart yoki aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.

Sentabr oxirida Vuchich Serbiya prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqdi. U jami 12 yil davomida mamlakatni prezident yoki bosh vazir sifatida boshqardi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing