Bavariya Alp togʻlarida yonib ketgan Gitlerning sobiq choyxonasini qayta tiklash rejalashtirilmoqda
Yongʻin 23 oktabr kuni yuz berdi; unga aloqadorlikda gumon qilinib, Germaniyaning 33 yoshli fuqarosi qoʻlga olindi.

Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Herrmann bino xarobalar holida qoldirilmasligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Associated Press. 1938 yilda Adolf Gitler uchun 1834 metr balandlikda qurilgan choyxona aynan qanday tiklanishi masalasini rasmiylar hali hal qilmagan.
Binoning joylashuvi yongʻinni oʻchirishni qiyinlashtirdi, kuchli shamol va mavsumning ilk qori esa oʻt oʻchiruvchilarga xalaqit berdi. Qoʻlga olingan shaxs tibbiy koʻrikka yuborildi; politsiya oʻt qoʻyishning ehtimoliy sabablarini ham oʻrganmoqda.
«Kelshteynxaus»da kafe va bino tarixiga bagʻishlangan koʻrgazma faoliyat yuritgan. Asosiy tarixiy koʻrgazma markaziga yongʻin zarar yetkazmagan.



