Fransiya politsiyasi shanba kungi tartibsizliklar chogʻida 1,3 mingdan ortiq kishini hibsga oldi
Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 53 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlangan, namoyishlar koʻlami esa avvalgi haftaga qaraganda kichikroq boʻlgan, deb yozadi Figaro gazetasi.
26-oktabr, 11:18По-русски

commons.wikimedia.org — Jebulon
Fransiya politsiyasi va jandarmeriyasi shanba kuni tartibsizliklarda qatnashgan 1314 kishini hibsga oldi. Vazirlik yakshanba kuni bu maʼlumotlar dastlabki ekanini bildirdi.
Yangi namoyishlar 24 oktabr, shanba kuni boʻlib oʻtdi. Avvalroq, 17 oktabr kuni Fransiyaning koʻplab shaharlarida, jumladan Parijda, aksiyalar oʻtkazilgan va ular politsiya bilan toʻqnashuvlar hamda pogromlar bilan kechgan.
Fransiya OAV yangi ehtimoliy tartibsizliklarga politsiya puxtaroq tayyorgarlik koʻrgani va qoʻshimcha kuchlarni safarbar qilgani haqida xabar berdi.





