Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 26-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Tailandda kuchli yomgʻirlar sabab Patong kurort shahri suv ostida qoldi

Bir sutka ichida orolda qariyb 143 mm yogʻin yogʻdi, uchta tumanda transport harakati izdan chiqdi. Sinoptiklar yomgʻirlar 28-oktabrgacha davom etishidan ogohlantirmoqda.

26-oktabr, 15:57По-русски

Read in English

Suv oqimi Patongdagi Nanay kvartalini bosdi. Bir nechta uy va avtomobil zarar koʻrdi, mol-mulk va transport vositalarining bir qismi yoʻq qilindi. Jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq, deb xabar berdi mahalliy The Nation portali.

Suv sathi pasaygach, Tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish boshqarmasi xodimlari zarar koʻrgan hududlarni tozalashga kirishdi.

Tailand Meteorologiya boshqarmasi yomgʻirlar 25–28-oktabr kunlari davom etishidan ogohlantirdi. Yogʻingarchilik pasttekisliklarda va suv havzalari yaqinidagi yonbagʻirlarda yangi suv toshqinlari hamda koʻchkilarga olib kelishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing