Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seshanba, 27-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Samarqand viloyatida 500 mln dollarlik shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida Xitoyning Universal Energy kompaniyasi quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurmoqda.

27-oktabr, 15:20По-русски

Read in English

Oʻzbekiston energetika vaziri Sherzod Xoʻjayev qurilish maydoniga tashrif buyurib, ishlarning borishi va obyektni foydalanishga topshirish rejalari bilan tanishdi. Loyiha qiymati 500 mln dollarni tashkil etadi.

Stansiya ishga tushirilgach, har yili qariyb 1,75 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin. Bu miqdor taxminan 730 mingta xonadonning yillik isteʼmolini taʼminlash uchun yetarli.

Shamol elektr stansiyasining ishlashi har yili qariyb 467 mln kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini 1 mln tonnadan koʻproqqa kamaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichini 2026 yil oxirigacha yakunlash, 2027 yilda esa stansiyani toʻliq quvvatda ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi mamlakat Energetika vazirligi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing