Amerikaning onlayn lugʻati «maxxing»ni 2026 yil soʻzi deb tanladi
Bu atama 30 yoshdan kichik foydalanuvchilar orasida ayniqsa ommalashgan boʻlib, ular undan turli sohalarda mukammallikka erishishga urinishlarini ifodalash uchun foydalanadi.

Dictionary.com «Maxxing»ni 2026 yil soʻzi deb eʼlon qildi. Bu maximising soʻzining qisqartmasi boʻlib, harakat yoki natijani maksimal darajaga yetkazishni anglatish uchun mustaqil qoʻllanadi yoki boshqa soʻzlarga qoʻshiladi.
2026 yil avgustida raqamli media «maxxing» atamasini 2025 yilidagi oʻrtacha oylik koʻrsatkichga qaraganda qariyb 19 baravar koʻproq ishlatgan. Boshqa daʼvogarlar qatorida affordability («narx jihatidan hamyonboplik»), data centre («maʼlumotlarni qayta ishlash markazi»), odyssey («odisseya») va uncle («amaki») soʻzining qisqartirilgan shakli — «unc» ham bor edi.
Bu soʻzning turli shakllari ovqatlanish, uyqu va tashqi koʻrinish haqidagi suhbatlarda qoʻllanadi: proteinmaxxing («oqsilni maksimal darajada isteʼmol qilish»), fibermaxxing («kletchatkani maksimal darajada isteʼmol qilish»), sleepmaxxing («uyquni maksimal darajada yaxshilash») va looksmaxxing («tashqi koʻrinishni maksimal darajada yaxshilash») atamalari paydo boʻlgan.
Dictionary Media Group leksikografiya direktori Stiv Jonsonning fikricha, bu atamaning tarqalishi natijani doimiy ravishda yaxshilashga intilishga boʻlgan turli munosabatlarni — buni qabul qilishdan tortib, kinoya va bu poygadan voz kechishgacha — aks ettiradi.





