Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Jahon banki va OTB Oʻzbekistondagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 300 mln dollardan ortiq mablagʻ ajratadi

Mablagʻlar elektr energiyasini taqsimlash tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi

28-oktabr, 13:38По-русски

Read in English

Photo by Jonathan Hanna on Unsplash

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi Oʻzbekistonda elektr energiyasini taqsimlash tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish uchun 100 mln dollarlik kredit ajratishni maʼqulladi.

Avval maʼqullangan Osiyo taraqqiyot bankining 200 mln dollarlik krediti va respublika hukumatining 71 mln dollarlik hissasi hisobga olinsa, dastur budjeti jami 371 mln dollarni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga topshirildi.

Dasturining asosiy maqsad va koʻrsatkichlari: - Obyektlarni modernizatsiya qilish. Dastur yoʻqotishlar va avariyalar darajasini kamaytirish uchun mamlakat boʻylab 60 ta muhim podstansiyani raqamlashtirish va yangilashni koʻzda tutadi. - Yashil energetika. Loyiha Oʻzbekistonning 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 25 GVtga yetkazish maqsadi doirasida kamida 3,3 GVt quvvatni tarmoqqa integratsiya qilish imkonini beradi. - Ekologiya va tejamkorlik. 2031 yilga qadar elektr energiyasining yillik yoʻqotishlari 20 000 MVt·soatga, karbonat angidrid (CO₂) chiqindilari esa yiliga qariyb 23 000 tonnaga kamayadi. - Ish oʻrinlari. Modernizatsiya qilingan infratuzilma foydalanishga topshirilganidan keyingi besh yil davomida qariyb 11 700 ta sifatli ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Moliyalashtirish Jahon banki va OTB tomonidan toʻliq oʻzaro ishonch mexanizmi (FMRF) doirasida amalga oshiriladi. Bu hukumat uchun nazorat tartib-taomillarini soddalashtirish va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

«Qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan energiyani integratsiya qila oladigan ishonchli va raqamlashtirilgan elektr tarmogʻi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish hamda millionlab oilalar farovonligini oshirish uchun nihoyatda muhim», — dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Nadji Benhasin.

Yana oʻqing