Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Fransiyaning POMA kompaniyasi Uzbek-Courchevel kurortini qurishni rejalashtirmoqda

Bu haqda Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Suxrobjon Bobokalonovning Fransiya tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Jerar Volf bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha maʼlum boʻldi.

28-oktabr, 11:53По-русски

Read in English

Muzokaralar davomida ishtirokchilar MND kompaniyasining «Chimgan» turistik zonasini tashkil etish boʻyicha ishlarning borishi haqidagi hisobotini muhokama qildi va keyingi bosqichda POMA bilan hamkorlikda Uzbek-Courchevel loyihasini amalga oshirish rejalarini maʼlum qildi.

Tomonlar, shuningdek, turistik infratuzilmani rivojlantirish, madaniy meros obyektlarining jozibadorligini oshirish hamda mehmondoʻstlik industriyasi uchun mutaxassislar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

Jerar Volf bu yoʻnalishlarda Fransiya tajribasini oʻrganishni taklif qildi. Wilmotte & Associés Architectes arxitektura kompaniyasi bosh direktori Borina Andrie ham infratuzilmani rivojlantirish va taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga qiziqish bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing