OpenAI sunʼiy intellekti qariyb 30 yildan beri mavjud ilmiy gipotezani shubha ostiga qoʻydi
OpenAI kompaniyasi uning sunʼiy intellekti informatikaning asosiy gipotezalaridan biri — eksponensial vaqt gipotezasini (ETH) rad etish imkonini beradigan usulni topganini maʼlum qildi.
Koʻp oʻtmay, Anthropic kompaniyasi ham shunga oʻxshash tadqiqotni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Business Insider.
1999-yilda ilgari surilgan gipotezaga koʻra, ayrim murakkab hisoblash masalalarini yechish uchun maʼlumotlar hajmi oshgani sari keskin koʻpayib boradigan vaqt talab etiladi. Sunʼiy intellekt bunday masalalarni ilgari mumkin deb hisoblanganidan tezroq, nazariy jihatdan yecha oladigan algoritmni taklif qildi.
Agar natijalar tasdiqlansa, bu kashfiyot olimlarning kompyuterlarning hisoblash imkoniyatlari chegaralari haqidagi tasavvurlarini oʻzgartirishi va yanada samarali algoritmlarni ishlab chiqishga yoʻl ochishi mumkin.
Biroq dalillarni mustaqil tekshirish hali davom etmoqda. Mutaxassislar amaliy yutuq haqida gapirishga hozircha erta ekanini taʼkidlamoqda.




