Trampning maxsus elchisi Ukrainaga kafolatlar shartini aytdi
AQSh prezidenti maxsus elchisi Jared Kushnerning aytishicha, Donald Tramp yangi mojaro ehtimoli nihoyatda past boʻlsa, Ukrainaga kafolatlarni koʻrib chiqishga tayyor.

Kushnerning soʻzlariga koʻra, Tramp kafolatlarga faqat ularning AQSh milliy manfaatlariga mosligi va yangi mojaro ehtimolini kamaytirishiga ishonch hosil qilganidan keyin rozi boʻladi.
AQSh prezidenti NATO ustavining 5-moddasiga oʻxshash kafolatlarni koʻrib chiqishga umuman tayyor. Kushner Rossiyaning bunday variantni muhokama qilishga tayyorligi uning tinchlikka jiddiy intilayotganidan darak berishi mumkinligini taʼkidladi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, qaror AQSh Kongressining maʼqullashini va Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirishni talab qiladi. Shu sababli, uning aytishicha, bu masalani sinchiklab oʻrganish kerak.





