Uitkoff Ukrainaga oid navbatdagi uchrashuvda Yevropaning qator mamlakatlari ishtirok etishi mumkinligini taxmin qildi
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukrainaga oid navbatdagi uchrashuvda Yevropaning bir nechta mamlakati ishtirok etishi mumkinligini aytdi. U muzokaralar boʻlib oʻtishiga umid qilmoqda, deb yozadi Interfax.
13-noyabr, 18:17По-русски

The White House / Wikimedia Commons
Uitkoffning taʼkidlashicha, Yevropa vakillari Abu-Dabidagi muzokaralarda allaqachon ishtirok etgan. Yevropa mamlakatlaridan diplomatlar boʻlishi mumkinligi haqidagi savolga u ijobiy kayfiyatda ekanini va uchrashuv oʻtkazilishiga umid qilayotganini aytdi.
«Biz ijobiy kayfiyatdamiz. Hammasi amalga oshishiga umid qilaylik», — dedi Uitkoff.
Avvalroq Uitkoff Yevropa davlatlarining ehtimoliy ishtirokini ular AQShning hamkorlari ekani va muzokaralarga jalb etilgan boʻlishlari ular uchun muhimligi bilan izohlagan edi.





