EASA Yaqin Sharq mamlakatlari havo hududidan foydalanmaslik haqidagi tavsiyasini uzaytirmoqda
Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) besh mamlakat ustidan parvozlar xavfi haqidagi ogohlantirishni 2027-yil 31-yanvargacha uzaytirdi va ikki qoʻltiq ustidagi havo hududidan foydalanmaslikni tavsiya qildi.
17-noyabr, 22:25По-русски

aa.com.tr
Tavsiyalar Iordaniya, Iroq, Eron, Livan va Saudiya Arabistoni havo hududlariga taalluqli. Alohida ravishda aviakompaniyalarga Fors va Ummon qoʻltiqlari ustidagi havo hududidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Agentlik xavflarni Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat, jumladan Eron va AQSh oʻrtasidagi mojaro, Isroil va Livan oʻrtasidagi tarang munosabatlar, shuningdek, yamanlik hutiylar bilan Riyod boshchiligidagi arab koalitsiyasi oʻrtasidagi mojaro bilan bogʻlamoqda. Koalitsiya Yaman hukumat qoʻshinlariga harbiy yordam koʻrsatmoqda.





