Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 29-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Tramp Venesuelani AQShning 51-shtatiga aylantirishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 27-oktabr kuni Texasda tarafdorlari oldida soʻzlar ekan, Venesuelani AQShga qoʻshib olishni yana taklif qildi.

29-oktabr, 16:30По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — Federal Government of the United States

Trampning aytishicha, Venesuela ulkan neft zaxiralariga ega, yirik energetika kompaniyalari esa uning iqtisodiyotiga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda. U mamlakat AQShning 51-shtatiga aylanishi, u yerda esa prezident oʻrniga gubernator saylanishi mumkinligini taxmin qildi.

«U (Venesuela — tahr.) farovon mamlakatga aylanadi va kim biladi, balki yaqin kunlarning birida gullab-yashnayotgan 51-shtatga aylanishi ham mumkin. Bu ehtimoldan xoli emas», — dedi Tramp.

AQSh prezidenti, shuningdek, avgustda tuzilgan kelishuv doirasida Venesuela neftining 1 million barrelini olib kelgan birinchi tanker Texasga yetib kelganini maʼlum qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Avvalroq, may oyida Tramp shunga oʻxshash gʻoyani ilgari surgan edi. Oʻshanda Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delcy Rodriges bu taklifni rad etib, mamlakat mustaqilligi va suverenitetini saqlab qolish niyatida ekanini taʼkidlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing