Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Netanyaxuning muxolifi Isroil parlamenti spikeri boʻldi

«Yashar!» muxolifat partiyasidan deputat Matan Kahana Knesset spikeri etib saylandi: u uchun 120 deputatdan 66 nafari ovoz berdi. U «Likud» partiyasidan Amir Ohananing oʻrnini egalladi, deb xabar bermoqda Ynet.

18-noyabr, 13:32По-русски

Read in English

eadaily.com

Kahana muxolifatdagi yahudiy va arab partiyalarining qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻldi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bloki qoʻllagan «Likud» partiyasidan nomzod Ofir Kats 52 ta ovoz oldi. Ovoz berishdan oldin qariyb yetti soat davom etgan munozaralar boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Associated Press.

Saylanganidan soʻng Kahana yarashishga chaqirdi va Isroilning barcha fuqarolari uchun spiker boʻlishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, turli qarashlar davlat institutlari va boshqa nuqtayi nazarga ega insonlarni hurmat qilishga xalaqit bermasligi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media