Zelenskiy: Tramp vakillari Kiyevni tinchlik bitimiga shoshirmoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Tramp maslahatchisi Jared Kushner Kiyevni yanvar boshlanishidan oldin bitim tuzishga shoshirayotganini aytdi.

Zelenskiyning aytishicha, Kiyev uchun maqbul tinchlikka erishilmasa, Ukraina yangilangan AQSh Kongressiga murojaat qiladi. Agar AQSh prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 2026 yil oxirigacha urushni toʻxtatishga koʻndira olmasa, Kiyev katta hajmdagi harbiy yordam va Rossiyaga qarshi yanada qatʼiy sanksiyalar talab qiladi.
Zelenskiyga koʻra, AQSh jamoasi muzokaralarni dekabr yoki yanvarda yakunlamoqchi. Shu bilan birga, Ukrainadan katta yon berishlar talab qilinmoqda, Putin esa, Ukraina prezidenti taʼkidlaganidek, urushni tugatishga tayyorligini koʻrsatmayapti. Kiyev tinchlikka faqat Ukraina hisobidan erishilishiga ham rozi emas.
10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari ikki kun muzokara oʻtkazganidan soʻng, Tramp vakillari Kremlda Putin bilan uchrashdi. Keyin Zelenskiy Irlandiyada amerikalik muzokarachilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.





