Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Sergey Lebedev vafot etdi
Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi va «FarDU» klubi bosh murabbiyi Sergey Lebedev vafot etdi.
26-noyabr, 03:14По-русски

U 1969-yil 31-yanvarda Fargʻonada tugʻilgan. Lebedev milliy terma jamoa safida 33 ta uchrashuv oʻtkazib, 10 ta gol urgan. 1994-yilda esa terma jamoa bilan birga Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan.
U klubdagi faoliyatining katta qismini Fargʻonaning «Neftchi» jamoasida oʻtkazgan. Lebedev jamoa tarkibida Oʻzbekiston chempionatida toʻrt marta gʻolib chiqqan va mamlakat kubogini ikki marta qoʻlga kiritgan. 1997-yilda futbolchi jahon terma jamoasi safida koʻrgazmali uchrashuvda maydonga tushgan.
Faoliyatini yakunlagach, Lebedev murabbiylikka oʻtgan. «FarDU» uning soʻnggi klubi boʻldi: u vafotigacha jamoaga bosh murabbiylik qildi.





