Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Sud Kendis Ouensni Makronlar daʼvosi boʻyicha shaxsiy javobgarlikdan ozod qildi

Amerikalik podkast boshlovchisi Kendis Ouens Fransiya prezidenti Emmanuel Macron va uning rafiqasi Brigitte Macron unga qarshi bergan tuhmat daʼvosi boʻyicha shaxsan javobgar boʻlmaydi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

11-noyabr, 18:14По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — https://www.president.gov.ua/

Makronlar oilasi 2025-yil iyul oyida Delaver shtati sudiga murojaat qilgan. Daʼvogarlar Ouensning Brigitte Macron erkak ekani haqidagi yolgʻon bayonotlariga eʼtiroz bildirmoqda va bu soʻzlar ularning obroʻsiga jiddiy hamda oʻrnini qoplab boʻlmaydigan zarar yetkazganini taʼkidlamoqda. Ouensning oʻzidan tashqari, uning ikki kompaniyasi — Candace Owens LLC va GeorgeTom ham javobgar sifatida koʻrsatilgan.

Oktyabr oyidagi sud majlisida Delaver shtati Oliy sudi sudyasi Sheldon Rennie Ouens Tennessi shtatida yashagani sababli shtat sudi unga shaxsan qoʻyilgan daʼvolarni koʻrib chiqa olmaydi, degan xulosaga keldi. Unga qoʻyilgan talablar rad etildi, biroq uning ikki kompaniyasiga qarshi ish davom etadi. Shunday qilib, Makronlar sudda gʻalaba qozongan taqdirda ham, katta ehtimol bilan, Ouensning shaxsiy mol-mulkidan tovon undira olmaydi.

Sudya, shuningdek, daʼvogarlar Fransiyada yashagani sababli nizoga Amerika emas, Fransiya qonunchiligidagi daʼvo muddatlari qoʻllanishi kerak, degan qarorga keldi. Fransiya qonunchiligiga koʻra, tuhmat haqidagi daʼvo eʼlon qilinganidan keyin uch oy ichida beriladi. Agar bayonotlar irq, din, jins, jinsiy orientatsiya yoki nogironlikka daxldor boʻlsa, bu muddat bir yilgacha uzaytiriladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media