Eron APEC sammitidan oldin va keyin Rossiya, Xitoy bilan aloqa qilganini bildirdi
Eron TIV vakili Ismoil Bagai Tehron APEC sammitidan oldin ham, keyin ham Moskva va Pekin bilan aloqalarni davom ettirganini aytdi.

Bagaining soʻzlariga koʻra, Eron Rossiya va Xitoy bilan turli masalalarni, jumladan, oʻz elchixonalari orqali ham muhokama qilgan. U bu mamlakatlarni doʻst davlatlar deb atab, Tehron ular bilan yaxshi munosabatlarni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.
Shu bilan birga, Eron milliy manfaatlarini himoya qilish uchun qarorlar qabul qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bagai yadroviy energetika masalasini alohida tilga oldi, biroq Moskva va Pekin bilan maslahatlashuvlar mazmuniga aniqlik kiritmadi.
APEC sammiti 18–19 noyabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida boʻlib oʻtdi. Sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Szinpin uchrashdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha yadro xatarlarini kamaytirish va yadro qurollari tarqalishining oldini olishni muhokama qilish niyati haqidagi deklaratsiya eʼlon qilindi.





