Tramp urushdan keyin Ukraina «biroz boshqacha shaklda» boʻlishi mumkinligini aytdi
Urushdan keyin Ukraina, ehtimol, «biroz boshqacha shaklga» ega boʻladi. Bu haqda Donald Tramp 9-noyabr kuni CBS News telekanalining 60 Minutes dasturida efirga uzatilgan intervyusida maʼlum qildi. U mamlakat mustaqil boʻlib qolishiga umid qilmoqda.

Trampning soʻzlariga koʻra, Bayden prezidentligi davrida Ukraina 350 milliard dollar va qurol-yarogʻ olgan, Tramp esa qurol-yarogʻni Yevropaga toʻliq narxda sotmoqda.
AQSh prezidenti tinchlikka erishish yoʻlidagi asosiy toʻsiq sifatida Putin va Zelenskiy oʻrtasidagi «nihoyatda kuchli nafrat»ni koʻrsatdi. Tramp ularning qaysi biriga koʻproq ishonishini aytishdan bosh tortdi.
Ukraina harbiylari foydalanadigan Starlink tizimi ishlashining sekinlashtirilgani haqida gapirar ekan, Tramp bunday buyruqni kim berganini bilmasligini, biroq tizim ishini tiklashganini aytdi.





