YI Wildberries asoschisi Tatyana Kimga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Cheklovlar jami 145 ta kompaniya va jismoniy shaxsga taalluqli boʻladi, ular orasida Peterburg neft terminali ham bor. Bu haqda 16 noyabr kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro maʼlum qildi.

Roʻyxatning oʻzi hozircha eʼlon qilinmagan. Avvalroq «Radio Svoboda» hujjat loyihasiga tayanib, Yevropa Ittifoqida Wildberries Rossiya armiyasi harbiy va ikki xil maqsadda qoʻllanadigan tovarlarni olishi mumkin boʻlgan kanal, deb hisoblanayotgani haqida yozgan edi.
EUobserver maʼlumotlariga koʻra, roʻyxat loyihasiga «Yandeks» va Ozon kompaniyalarining hamegasi Aleksandr Chachava, tadbirkor Ruslan Baysarov hamda Federatsiya Kengashi spikeri Sergey Matviyenkoning oʻgʻli ham kiritilgan.
Odatda YI sanksiyalari Yevropa Ittifoqidagi aktivlarni muzlatishni, jismoniy shaxslar uchun esa qoʻshimcha ravishda Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlashni anglatadi. Barro, shuningdek, Fransiya sanksiyalarning 22-paketini qabul qildirishga intilishini aytdi. Unga Rossiyaga benzin yetkazib berishga cheklovlar ham kiritilishi mumkin.





