Yevrokomissiya rossiyalik sayyohlarga viza berishni qatʼiylashtirishni taklif qildi
Tashabbus Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etildi. Choralar qatoridan rossiyalik fuqarolar Yevropa Ittifoqi chegaralarini kesib oʻtayotganda ularning hujjatlari va shaxsini qoʻshimcha tekshirish ham oʻrin olgan.
Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi loyihasini, shuningdek, rossiyaliklarga viza berish boʻyicha yangilangan tavsiyalarni taqdim etdi. Bu haqda TASS Yevrokomissiya bayonotiga tayanib xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi davlatlariga biometrik maʼlumotlari boʻlmagan Rossiya pasportlarini qabul qilmaslik tavsiya etildi. Rossiya fuqarolari Shengen hududining tashqi chegaralarida tekshirilayotganda individual suhbatlar oʻtkazish va barmoq izlarini muntazam tekshirish taklif qilinmoqda.
Bundan tashqari, Yevrokomissiya Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashgan amaldagi va sobiq rossiyalik harbiy xizmatchilariga viza berishni taqiqlashni taklif qildi. Ushbu taqiqni kuchga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni Yevropa Ittifoqi Kengashi qabul qilishi kerak.
Sanksiyalar paketi loyihasidan, shuningdek, 60 ta Rossiya banki va 70 dan ortiq kemaga qarshi cheklovlar hamda energetika sektoriga doir choralar ham oʻrin olgan. Takliflar Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan kelishib olinishi kerak.





