Hormuz boʻgʻozida kemalarga hujumlar: urushdagi eng yuqori daraja
Oktyabr-noyabrda Hormuz boʻgʻozi va atrofidagi hujumlar AQSh, Isroil va Eron urushi boshlanganidan beri eng yuqori boʻldi. UKMTO: oktyabrda 31 ta, 18-noyabrgacha taxminan 19 ta hujum.

Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO) oktyabr va noyabr oylarida boʻgʻoz hamda uning atrofida 34 ta hujumni tasdiqladi. Taqqoslash uchun, UKMTO martdan sentyabrgacha 53 ta hodisa haqida xabar bergan. IMO urush boshlanganidan beri Yaqin Sharqdagi kemalarga jami 138 ta hujum uyushtirilganini hisoblagan.
Hujumga uchragan kemalarning aksariyati boʻgʻozning janubiy qismida, Ummon sohillari yaqinida boʻlgan. Ekspertlar hujumlar koʻpayishi Eron eʼlon qilgan blokadadan keyin AQShning neft yetkazib berishni taʼminlash harakatlarini qiyinlashtirishi mumkin, deb hisoblaydi. Vashington kemalar oʻrtasida neftni qayta ortishdan foydalanmoqda, Tehron esa, ekspertlar bahosicha, bu yoʻnalishni yanada xavfli va qimmatroq qilishga urinmoqda.
Hujumlar boʻgʻozni kesib oʻtayotgan kemalar bilangina cheklanmagan. 8-noyabr kuni Eron radiolokatsiya va sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari joylashgan Didamar oroliga zarba berdi — buni tasdiqlangan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari va videolar koʻrsatdi. 9 va 10-oktyabr kunlari dronlar boʻgʻozdan tashqarida, BAA sohillari yaqinida Gem No. 2 supertankeriga hujum qildi. Ekipaj aʼzolari kema boʻgʻozdan oʻtishga urinmaganini aytdi, KXS esa u ruxsat etilmagan yoʻnalish boʻylab oʻtishga urinayotganda minaga urilib portlaganini bildirdi.





