Axios: Oq uy kiberxavfsizlik boʻyicha yangi direktor tayinladi
Axios manbalariga tayanib xabar berishicha, Oq uy Kirsten Devisni Shon Kernkross oʻrniga kiberxavfsizlik direktori etib tayinladi.

AQSh prezidenti maʼmuriyati rasmiysi tayinlovni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, Devis bu ish uchun zarur tajribaga ega va Senat maʼqullovini allaqachon olgan.
Avval u Pentagon rahbari Pit Hegsethning axborotni boshqarish, axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik va maʼlumotlar ishonchliligi masalalari boʻyicha bosh maslahatchisi boʻlgan. Donald Tramp maʼmuriyatiga oʻtishidan oldin Devis Unilever kompaniyasida ishlab, uning global kiberbarqarorligi uchun masʼul boʻlgan.
Kernkross lavozimni tark etmoqda. Uning ketishi doʻstona boʻlgan deb aytilgan, biroq Oq uyning ikki rasmiysi prezident maʼmuriyati rahbari Stiven Miller oʻzgarishlarni talab qilgani va Kernkrossning kiberxavfsizlik sohasidagi jiddiy bilimlari yetishmagani uchun uni ishdan boʻshatganini bildirdi. Yana bir manbaga koʻra, uning oʻrniga odam izlash ikki hafta oldin boshlangan.





