Si va Putin Tramp bilan sammit oldidan Shenchjenda uchrashdi
Si Szinpin va Vladimir Putin 18 noyabr kuni Shenchjenda, Donald Tramp bilan rejalashtirilgan sammitdan bir kun oldin, uchrashdi.
18-noyabr, 23:21По-русски

The White House / Wikimedia Commons
Ru.euronews maʼlumotiga koʻra, muzokaralar Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumi (OTIH) doirasida boʻlib oʻtgan. Tomonlar energetika, moliya va tashqi siyosat, jumladan, Ukraina va Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatni muhokama qilishi kutilgandi.
AQSh prezidenti bilan uch tomonlama uchrashuv 19 noyabrga rejalashtirilgan edi. Unda global xavfsizlik va dunyoning yetakchi davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar muhokama qilinishi kerak edi. OTIH maydonida Putin ultimatumlar almashish oʻrniga muloqotga chaqirdi va boʻlajak sammitni «nihoyatda foydali» deb atadi.





