AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilarining tarixdagi ilk uch tomonlama uchrashuvi sanasi eʼlon qilindi
AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilarining tarixdagi ilk uchrashuvi 19 noyabr kuni Shenchjenda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

Uchrashuv boʻyicha kelishuvga erishilganini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bildirdi. Muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etishi kerak.
Uchrashuv Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida boʻlib oʻtadi. Avvalroq Oq uy vakili Olivia Ueyls ham ayni sana va joyni aytib, ilgari paydo boʻlgan maʼlumotni tasdiqlagan edi.
Uning soʻzlariga koʻra, Tramp yadroviy qurollarni qisqartirish masalasini muhokama qilmoqchi. Shu bilan birga, amerikalik amaldorning aytishicha, ilk uchrashuvda kelishuv tuzilishi kutilmaydi: u davlat rahbarlari darajasidagi muzokaralarning boshlanishi sifatida koʻrilmoqda.
AQSh tomoni Eron bilan qarama-qarshilik masalasini ham muhokama qilmoqchi. OAV xabarlariga koʻra, ishtirokchilar Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatga ham toʻxtalishi mumkin. AQSh maʼmuriyati vakilining soʻzlariga koʻra, Ukrainadagi urushni muhokama qilish rejalashtirilmagan, chunki bu masala alohida muzokara jarayoni doirasida koʻrib chiqilmoqda.





