Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

FT: YI Rossiya bilan raketalarni joylashtirishni cheklash boʻyicha muzokaralarga yoʻl qoʻyishi mumkin

Yevropalik amaldorlarning fikricha, bunday kelishuvlar uchun Sovuq urush davridagi qurol-yarogʻ ustidan nazorat mexanizmlari namuna boʻlishi mumkin.

11-noyabr, 19:13По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — Europäische Kommission - Audiovisueller Dienst, CE - Service audiovisuel, EC - Audiovisual Service, Dati Bendo

Abu-Dabida AQSh, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi uch tomonlama muzokaralar davom etmoqda. Bu fevraldan beri oʻtkazilayotgan ilk muzokaralardir. Oʻshanda muloqot Donald Trampning Eronga qarshi harbiy kampaniyasi sababli uzilib qolgan edi. Ikki kunlik uchrashuvda tomonlar xavfsizlik kafolatlari hamda Ukrainaning sharqidagi hududiy masalalarni muhokama qiladi.

Muzokaralarning navbatdagi bosqichi oldidan Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner Ukraina, Yevropa Ittifoqi, NATO, shuningdek Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishi kerak edi. FT manbasining aytishicha, Vashington Moskvaning yevropaliklarni muzokaralarga jalb etishga roziligini olishga intilmoqda. Bir hafta avval Yevropa poytaxtlarini Trampning qitʼadagi yangi xavfsizlik tizimini Moskva bilan kelishgan holda barpo etish gʻoyasi tashvishga solgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media