Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi

Iordaniya qiroli Abdulla II Ammanda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga rasmiy qabul uyushtirdi. Tomonlar besh sohada hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

24-noyabr, 11:42По-русски

Read in English

t.me/shmirziyoyev

Iordaniya qiroli Abdulla II Ammandagi «Al-Husayniya» saroyida qabul marosimi uyushtirdi. Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini qirol hamda qirolicha Raniya kutib oldi. Marosimda Oʻzbekiston va Iordaniya madhiyalari yangradi, davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

Muzokaralarda qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, toʻqimachilik, togʻ-kon va kimyo sanoati sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, uchrashuv yakunlari boʻyicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media