Eron harbiy-dengiz kuchlari Hormuz boʻgʻozida ikki tanker minalarda portlaganini bildirdi
Eron harbiy-dengiz kuchlari maʼlumotiga koʻra, Hormuz boʻgʻozining sharqida ikki neft tankeri minalarda portlagach, ularda yongʻin chiqqan.

Eron harbiylarining taʼkidlashicha, tankerlar navigatsiya tizimlarini oʻchirib, kemalar qatnovi taqiqlangan hududga kirgan. Portlashlardan keyin kemalar harakatdan toʻxtagan va ularda yongʻin boshlangan.
Eron harbiy-dengiz kuchlari mamlakat maqsadlari va talablari bajarilmaguncha boʻgʻoz kemalar qatnovi uchun yopiq qolishini bildirdi. Ularning aytishicha, neft tankerlari egalari suv hududi orqali oʻtishni Eron qurolli kuchlari bilan kelishib olishi kerak.
Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi avvalroq Oman qirgʻoqlari yaqinidagi yoʻnalish xavfli ekanidan ogohlantirgan va Hormuz boʻgʻozi uning kuchlari kuzatuvi hamda toʻliq nazorati ostida ekanini bildirgan.




