Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniyaga davlat tashrifi bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev 23–24 noyabr kunlari qirol Abdulla II ibn al-Husayn taklifiga binoan Iordaniyaga boradi. Ammanda muzokaralar va biznes-forum oʻtkaziladi.

23-noyabr, 14:50По-русски

Read in English

Muzokaralarda Oʻzbekiston–Iordaniya munosabatlarini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Toʻqimachilik, konchilik va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, madaniy aloqalar hamda turistik almashinuvlarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunlari boʻyicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media