Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Tramp Mirziyoyevga Oʻzbekistondan keltirilgan ayvonlar uchun minnatdorlik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga u sovgʻa qilgan, Vashingtondagi Tidal Basin boʻyida oʻrnatilgan ayvonlar uchun minnatdorlik bildirdi.

25-noyabr, 13:50По-русски

Read in English

Truthsocial - Donald J. Trump / static-assets-1.truthsocial.com

Inshootlarning ochilish marosimi oʻtgan hafta boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidikov va AQSh ichki ishlar vaziri Duglas Bergam qatnashdi. Tramp bu joy ustidan Marine One vertolyotida uchib oʻtganini aytdi.

Ayvonlarni oilalaridan uzoqda bir necha oy mehnat qilgan oʻzbekistonlik ustalar yasadi. Qurilishda 200 yillik togʻ yongʻogʻi daraxtlarining yogʻochidan foydalanildi. Tramp hunarmandlarning mahoratini taʼkidlab, inshootlarni chiroyli deb atadi.

AQSh prezidenti ayvonlarni shaxsiy mulkida qoldirmay, jamoatchilik foydalanishiga topshirishga qaror qilganini aytdi. Ular Tidal Basin boʻyida, Tomas Jefferson va Jorj Vashington yodgorliklari koʻrinib turadigan joyda oʻrnatilgan.

Tramp National Heroes Park ochilganidan bir yil oʻtib, ayvonlar Vashingtondagi mashhur jamoat maskanlaridan biriga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi. U ulardan jamoat tadbirlari, diplomatik qabullar va sakura gullashi festivali paytidagi fotosessiyalarda foydalanish mumkinligini aytdi. Shuningdek, Tramp Vashingtondagi Oʻzbekiston elchixonasi va AQSh Milliy bogʻlar xizmatiga oʻzbekistonlik ustalar bilan hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media