Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Isroilda saylovlarga ehtimoliy aralashuvni tergov qilishga chaqirildi

Isroil muxolifati yetakchisi Gadi Ayzenkot bosh vazir Binyamin Netanyahu oʻz atrofidagilarning parlament saylovlariga ehtimoliy aralashuvi haqidagi xabarlar fonida lavozimini darhol tark etishi kerakligini aytdi, deb xabar beradi Al Jazeera.

16-noyabr, 22:14По-русски

Read in English

aljazeera.com

Isroilning Channel 12 telekanali maʼlumotlariga koʻra, 27-oktabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlar arafasida Netanyahu apparati rahbari Ido Norden arablarning RAAM partiyasi vakillari ustidan shikoyat qilgan. Saylov kuni politsiya partiyaning uch nafar faolini saylovchilarni pora berib ogʻdirishda gumon qilib hibsga oldi.

Keyinchalik hibsga olinganlar ozod qilindi: operatsiyaga asos boʻlgan maʼlumotlar tasdiqlanmadi. OAV, shuningdek, besh nafar arab deputatini tinglashga ruxsat olishga urinish boʻlganini xabar qildi, biroq soʻrov rad etildi.

Ayzenkot politsiya va maxsus xizmatlar harakatlarini zudlik bilan tergov qilishni talab qildi. Netanyahuga qarashli «Likud» partiyasi uning ayblovlarini rad etdi.

Saylov yakunlariga koʻra, Netanyahu bloki parlamentda 53 ta oʻrin, muxolifat partiyalari 48 ta, arab partiyalari esa 19 ta oʻrin oldi. Koʻpchilikni shakllantirish uchun kamida 61 ta oʻrin zarur.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media