Kreml YIning Ukrainadagi mojaroni hal etishdagi rolini muhokama qilishga tayyor
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov: Moskva YI vakillari bilan uchrashishga tayyor, maqsad — ularning Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishda ishtirok etishga tayyorligini aniqlash.

Peskovning aytishicha, Moskva Yevropaning «xohlovchilar koalitsiyasi» tinchlikka koʻmaklashishga tayyormi va uning pozitsiyasi muzokara jarayonini boshlash vazifasiga mos keladimi, shuni baholamoqchi. Kreml shu tariqa Berlinning shartiga munosabat bildirdi: Yevropa vakillari Ukraina boʻyicha muzokaralarda toʻlaqonli ishtirok etish kafolatlarini olsalar, Moskvaga kelishga tayyor.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin YI vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish taklifini 19 noyabrda maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, muloqot Yevropa tomonining pozitsiyasi va keyingi aloqalar formatini aniqlashga yordam berishi kerak. Kreml hozircha aynan kimlar taklif qilinganini oshkor qilmayapti va bu masala boʻyicha aloqalar davom etayotganini qayd etmoqda.





