AQSh Vakillar palatasi spikerligiga Hakim Jeffris nomzodi koʻrsatildi
Demokratlar AQSh Vakillar palatasidagi ozchilik yetakchisi Hakim Jeffrisni spikerlikka rasman nomzod qilib koʻrsatdi.
19-noyabr, 14:18По-русски

bbc.co.uk
Spiker saylovi Kongressning yangi vakolat muddati boshlanadigan 3-yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Demokratlar Vakillar palatasida kamida 257 ta oʻringa ega boʻladi, biroq yettita saylov poygasining natijasi hozircha aniqlanmagan.
Spiker AQSh prezidentlik vakolatlarini meros qilib olish navbatida uchinchi oʻrinda turadi. Jeffrisning bu lavozimga saylanishi kutilayotgan voqea hisoblanadi.
Chorshanba kuni demokratlar yopiq ovoz berish orqali Jeffrisni oʻz yetakchisi etib qayta sayladi. U 2023-yildan beri Vakillar palatasida partiya ozchiligiga rahbarlik qilib kelmoqda.





