Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda 1 mlrd dollarlik 330 ta farmatsevtika ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi

Mahalliy ishlab chiqarilgan dori-darmonlar va boshqa farmatsevtika mahsulotlarining ulushini 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda

28-oktabr, 18:39По-русски

Read in English

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda umumiy qiymati 1 mlrd dollar boʻlgan 330 ta yangi farmatsevtika ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

Yana 1,2 mlrd dollar «Toshkent biofarmcity» klasteri hamda Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga yoʻnaltirildi. Ichki talabni mahalliy ishlab chiqarish hisobidan taʼminlash rejasiga koʻra, mahalliy ishlab chiqarishning bu taʼminotdagi ulushi 70 foizga yetkaziladi.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev davlat va xususiy klinikalar hamda dorixonalarda raqamli yechimlarni kengaytirish haqida ham maʼlum qildi. Keyingi bosqichda shifokorlar va hamshiralarga yordam berish uchun sunʼiy intellekt imkoniyatlarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing