BMW zavodlarida avtomobillar haydovchisiz oʻz-oʻzidan harakatlana boshladi
Automated Driving In-Plant texnologiyasi BMWʼning toʻrtta zavodida ishlaydi va har kuni qariyb 3 500 ta koʻchirishni amalga oshiradi.
BMW kompaniyasi Shveysariyaning Embotech kompaniyasi bilan birgalikda yaratgan tizim tayyor hamda ishlab chiqarish jarayonidagi avtomobillarni ishlab chiqarish hududlari oʻrtasida koʻchiradi. Loyiha 2022 yilda Dingolfingdagi zavodda boshlangan.
AFW faqat ishlab chiqarish va logistika hududlari ichida ishlaydi, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda emas. Tizim yaqin atrofdagi odamlar, yuklagichlar va boshqa avtomobillarni taniydi.
AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Spartanburg shahrida joylashgan BMW zavodida texnologiyadan seriyali foydalanish 2027 yildan boshlanishi kerak. U AFW qoʻllaniladigan kompaniyaning beshinchi korxonasiga aylanadi.




