Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 29-oktabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yer va fan

Virgin Galactic sayyohlik parvozlari uchun yangi kosmik samolyotni taqdim etdi

AQShning Virgin Galactic kompaniyasi sayyohlarni koinot chegarasigacha olib borishga moʻljallangan, yangi Delta avlodining ilk kosmik samolyoti Apeironʼni taqdim etdi.

29-oktabr, 12:46По-русски

Read in English

Apeiron nomi qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda «cheksiz» degan maʼnoni anglatadi. Bu nom 83 mamlakat aholisi ishtirok etgan xalqaro ovoz berish jarayonida tanlangan.

Kosmik samolyot olti nafar yoʻlovchiga moʻljallangan. Parvoz vaqtida maxsus samolyot uni katta balandlikka olib chiqadi, shundan soʻng kosmik samolyot ajralib, raketa dvigateli yordamida koʻtarilishni davom ettiradi. Yoʻlovchilar Yerni katta balandlikdan koʻrishlari va qisqa vaqt davomida vaznsizlik holatini his qilishlari mumkin.

Apeiron sinovlarga tayyorgarlik koʻrish uchun allaqachon Nyu-Meksikodagi kosmodromga olib borilgan. Virgin Galactic tijoriy parvozlarni 2027 yilning ikkinchi choragida qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Kelajakda kompaniya har bir shunday apparatdan haftasiga ikki martagacha foydalanishni rejalashtirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing